Senegal

Senegal (Senegal), Senegal Re- spublikasi (Republique du Senegal) — G’arbiy Afrikada joylashgan davlat. Mayd. 196,2 ming km2. Aholisi 10,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Dakar sh. Ma’muriy jihatdan 10 viloyat (region)ra bo’linadi. Davlat tuzumi. S — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 2001 y. 7 yanv. da ma’qullangan. Davlat boshlig’i — prezident (2000 y.dan Abdulay vad), u umumiy to’g’ri yashirin ovoz berish yo’li b-n 5 y. muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni millat Majlisi (parlament) va ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. S hududining aksariyat qismi Atlantika okeani sohiliga qarab pasayib boradigan pastbaland tekis- likdan iborat. Shim.dagi sohil chizig’i tekis, Jan.da daryolarning estuariyla- ri b-n biroz parchalangan. S. hududida temir ruda, fosforit, alyumofosfat, qalay, mis, ohaktosh, volfram, tantal, toshtuz, boksit, neft, niobiy, marmar konlari topilgan. Iklimi subekvatori- al, shim.da quruq va Jan.da nam iqlim. O’rtacha oylik tra yil davomida deyarli o’zgarmaydi (yanv.da 23°, iyulda 28°). Yil- lik yog’in shim.da 250-300 mm dan Jan. da 1500 mm gacha. Yirik daryolari — Se- negal, Gambiya va Kazamans. Qizilqo’ng’ir tuproklar ko’proq uchraydi. Shim.da chala cho’l o’simliklari usadi, krlgan joy- larda savannalar va siyrak o’rmonlar bor. Hayvonot dunyosi: savannalarda kiyik, milliy bog’larda chiyabo’ri, sirt- lon, qoplonlar yashaydi. Kemiruvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharot ko’p. Qirg’oq bo’yi suvlari baliqqa boy. Tabiatni saklash maqsadida Juj, ni- okolokoba, DeltaSaluma va b. milliy bog’lar tashkil etilgan. Aholisining ko’pchilik qismini (87%) g’arbiy Atlantika tillari oila- siga kiruvchi volof, fulbe, serer, dio- la va b. xalqlar tashkil etadi; arablar, evropaliklar (asosan, frantsuzlar) ham yashaydi. Rasmiy til — frantsuz tili. Shahar aholisi 42,3%. Aholining aksa- riyati musulmonlar. Katoliklar ham bor. Yirik shaharlari: Dakar, Kaolak, Ties. Tarixi. S. hududida paleolit davrida manzilgoxlar paydo bo’lgan. O’rta asrlar- da bu erlar to’la yoki qisman Gana, Mali, Songay davlatlari tarkibiga kirgan. 9-18-a.larda S hududida bir necha davlat paydo bo’lgan. 15-a.da bu erga portugal- lar bostirib kirib, fil suyagi, Aqoqiyo, oltin qumni tashib keta boshlagan, 16-a. dan qul savdosini avj oldirgan. 17-a. dan frantsuzlarning kirib kelishi bosh- langan. 1895 y. S hududi frantsuz G’arbiy Afrikasi tarkibiga kiritildi. 1-jahon urushidan keyin S.da dastlabki siyosiy tashkilotlar vujudga keldi. 1939— 45 y.lardagi 2-jahon urushi vaqtida S. hududi “ozod Frantsiya”ning tayanch baza- laridan biri, ittifoqchilarning muhim harbiydengiz bazasi bo’ldi. Urushdan so’ng S.da milliy ozodlik harakati ku- chaydi. 1958 y. referendum natijalariga ko’ra, S. Frantsiya hamjamiyati tarkibi- dagi o’zini o’zi boshqaruvchi respublika- ga aylandi. 1959 y. yanv.da S va Frantsiya Sudani Mali Federasiyasiga birlashdi. 1960 y. 4 apr.dagi bitimga muvofiq, Fe- derasiyaga mustaqillik berildi. 20 avg. da S. Federasiyadan chikdi va mustaqil respublika deb e’lon qilindi. S. 1960 y.dan BMTa’zosi. Milliy bayrami — 4 apr. — Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari va kasaba uyush- malari. Sosializm va birlik harakati partiyasi, 1981 y. asos solingan; Demo- kratik ittifoq — mehnat partiyasini tuzish harakati partiyasi, 1974 y. tu- zilgan; Milliy demokratik birlash- ma partiyasi, 1976 y. tashkil etilgan; Mustaqillik va mehnat partiyasi, 1957 y. asos solingan sobiq S. mustaqilligi af- rikaliklar partiyasi yo’lining davomchi- si, ta’sis qurultoyi 1981 y. o’tkazilgan; S. demokratik partiyasi, 1974 y. tuzil- gan; S. sosialistik partiyasi, 1948 y. asos solingan; demokratik yangilanish partiyasi, 1997 y. tashkil etilgan. S. meqnatkashlari milliy konfederasiyasi, 1969 y. tuzilgan. Xujaligi. S. — iqtisodiy zaif agrar mamlakat. Yalpi mahsulotda q.x.ning ulu- shi 19%, sanoatning ulushi 17%, xiz- mat ko’rsatish sohasining ulushi 64%. S. eksporti qiymatining yarmiga yaqini q.x.ga to’g’ri keladi, mehnatga layoqatli aholining 3/4 qismi shu sohada band. Er yong’oq etishtirish va uni qayta ish- lash muhim ahamiyatga ega (dunyoda etak- chi o’rinlardan biri). Tariq, maniok, sholi, batat, makkajo’xori, moyli pal- ma, paxta ham etishtiriladi. Mevachilik va sabzavotchilik b-n shug’ullaniladi. Qoramol, qo’y, echki, uy parrandasi boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoati- da fosforit (asosan, eksportga), osh tuzi, marmar qazib olinadi. Yiliga o’rtacha 769 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. I.ch. sanoati, asosan, er yong’oqni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bunday korxonalarning aksariyati yashil Burun ya.o.da joylashgan. Engil sanoat tarmoqlaridan to’qimachilik va poyab- zal (Dakarda) i.ch. rivojlangan. Tsement, mebel, taxta tilish, metallsozlik, kimyo sanoati (fosforit asosida o’g’it i.ch.) va neftni qayta ishlash korxonalari bor. Hunarmandchilik qad. soha hisoblanadi. Temir yo’llar uz. 0,9 ming km, avtomo- bil yo’llari uz. 14,6 ming km. Senegal daryosida kema qatnaydi. Dengiz porti va xalqaro aeroporti — Dakar. Chet- ga er yong’oq moyi, kunjara, fosforit chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, mashina va asbobuskuna, to’qimachilik mahsulotlari, poyabzal, neft keltiradi. Asosan, Frantsiya, Kamerun, Italiya b-n savdo ki- ladi. Pul birligi — Afrika franki. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. Ta’lim tizimi Fran- suzcha uslubda tashkil topgan. Birin- chi boshlang’ich maktab 1816 y., birinchi kollej 1843 y. ochilgan. Mustaqillik qilingan paytda aholining 95% savodsiz edi. 1963 y. 6 yoshdan 12 yoshgacha majburiy boshlang’ich ta’lim to’g’risida qonun qabul qilindi. Boshlang’ich MAK- Tab 6 y.lik. O’rta maktabda o’qish 7 yil: 4 y. to’liqsiz o’rta (kollej) va 3 y. to’liqo’rta (lisey). Hunartexnika ta’li- mi boshlang’ich maktab negizidagi hunar maktabida (3 y.), texnika kollejida (4 y.), texnika liseyida (7 y.) amalga oshi- riladi. Oliy ta’lim tizimida Dakar un-ti (1949), Gor mutasiya un-ti faoliyat ko’rsatadi. Ularda o’qish muddati 4 y.dan 6 y.gacha. lllyningdek, oliy kollejlar: Dakarda veterinariya tibbiyot maktabi, milliy ma’muriy maktab, Tiesda po- litexnika maktabi va b. bor. Kutubxo- nalari: Dakarda S. arxivi kutubxonasi b-n (1913), qora Afrika fundamental in-tining kutubxonasi (1938), un-t ku- tubxonasi (1952), Tiesda Politexnika maktabining kutubxonasi. Muzeylari: Dakarda Afrika san’ati muzeyi (1936), Qora Afrika fundamental in-ti mu- zeyi, Gorda Tarix muzeyi, dengiz muzeyi (1959) va b. Ilmiy muassasalarning kupi Dakar un-ti tarkibiga kiradi, ularning eng yirigi qora Afrika fundamental inti. Bundan tashqari, Milliy arxiv (1913), Milliy san’at in-ti (1972), Fantexni- ka tadqiqotlari byurosi, q.x. institu- ti (1974, 10 ilmiy markaz va lab.lari b-n birga), Paster in-ti (1896), Afrika mintaqaviy texnologiya markazi (1977), Afrika iqtisodiyotni rivojlantirish va rejalash muammolari in-ti (1963), tro- pik o’rmonni o’rganish markazi (1966), ilmiy jamiyatlar va b. bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telako’rsatuvi. Eng muhim gaz. va jur. lari: “Soley” (“Quyosh”, kundalik umummilliy gaz., 1970 y.dan), “jur- nal ofisel de la Repyublik dyu Se- negal” (“Senegal Respublikasining rasmiy gazetasi”, hukumatga qarashli haftalik rasmiy xabarnoma, 1856 y.dan), “Sopi” (haftalik gaz.), “Daan doole” (“Mehnatkash”, oylik gaz., 1982 y.dan), “Karfur” (“chorraha”, 2-3 oyda bir marta chiqadigan gaz., 1984 y.dan), “poli- Tisen” (“siyosatchi”, oylik hajviy gaz., 1977 y.dan), “Yunite Afriken” (“Afrika birligi”, oylik gaz., 1974 y.dan), “Af- Rika” (oylik jur., 1962 y.dan), “Gestu” (“Tadqiqot”, 2 oyda bir marta chikadigan nazariy jur.), “Taksau” (“Qo’zg’ol”, oy- lik jur., 1977 y.dan), “Etiopik” (oylik ijtimoiy-siyosiy va adabiy jur., 1975 y.dan). S. axborot agentligi — Saa — hukumat axborot agentligi; S. radio- eshittirish va teleko’rsatuv boshqarmasi — xukumat Mahkamasi, 1972 y. tuzilgan. Adabiyoti frantsuz va mahalliy til- larda. S.da baxshigriotlar ijro etadi- gan qad. og’zaki she’riy an’ana mavjud. Mustaqillik e’lon qilingandan keyin mahalliy milliy tillarda yozuv pay- do bo’la boshladi. Bakari Dialloning o’z hayoti asosida yozgan “Kuchsahovat” qissasi (1926, birinchi adabiy asar hisoblanadi)dan so’ng Usmon sose Di- OPning “Karim” (1935), “Parij saro- blari” (1937) romanlari bosilib chiqdi. 2-jahon urushidan so’ng adabiyotning rivoji jadallashdi. L. Sengorning chuqur milliy she’riyati xalqni ozodlik kurashiga ruhlantirdi. 50—60y.larda Abdulay Saji, Shayx Xamidu Kan, U. Semben romanlari dunyo yuzini ko’rdi. U. Semben “Vatanim mening, O’ktam xalqim mening”, “Xarmattan — issiq shamol” romanlarini milliy ozodlik kurashi mavzuiga bag’ishladi. Yosh avlodga mansub shoirlardan Malik Fall va Ibrohim so- urang, dramaturglardan Lamin Diakxate, Amadu Sisse Dia, Mamadu Traore Diop va Sheyk Ndaolar ijtimoiy muammolar- ga, xalqning qahramonona o’tmishiga ko’p e’tibor berdilar. Me’morligi va tasviriy san’ati. O’rta asrlar madaniyat yodgorliklaridan unchalik baland bo’lmagan doirasimon daxmalar, to’g’ri burchakli va doira ke- simli megalitmengirlar (12-14-a.lar, Tambakunda yaqinida), zo’r mahorat b-n ishlangan zargarlik buyumlari: kumush va tilla marjonlar, turli zebziynatlar, sopol va mis idishlar saqlanib qolgan. Aholining turar joylari shoxshabba- dan to’rtburchak shaklda ishlangan tomi to’rt nishabli chaylalar bo’lib, sirti va ichi loy b-n suvaladi (garbiy tumanlar- da), aylanma shakldagi kulbalar tomi konus tarzida o’to’lan b-n yopiladi, to’g’ri burchakli bostirma kulbalar ham uchray- Di (Sharqiy tumanlarda). Peshayvon b-n o’ralgan cho’ziq doirasimon turar joy- lar Jan. tumanlarga xosdir. Ularning old tomoni qizil va ko’k rangda joni- vorlar va zamonaviy texnika — samolyot hamda paroxod rasmlari b-n bezatiladi. S.ga Islom dini kirib kelishi tufayli machitlar kurila boshladi. Ular orasi- da Tubadagi taqasimon ravokdi machit diqqatga sazavordir. U hovlisining atrofi peshayvonlar va to’rt tarafi 8 qirrali minoralardan iborat qilib, Shim. Afrikaning o’rta asrlar me’- morligi uslubida qurilgan. 20-a.da shaharlarda (asosan, Dakarda) zamonaviy turar joylar, f-ka, meqmonxona, ma’mu- riy binolar qurishga kirishildi. Ko’p qavatli uylar oftob to’sqich qurilmalar b-n tropik iqlimga moslab frantsuz funktsionalizmi ruhida qurildi. 1960 y.dan keyin 1 — 2 qavatli beton uylar- dan iborat ishchi shaharchalari barpo etish avj oldi. Mamlakatda an’anaviy badiiy xunarmandchilik (yog’ochdan ro’zg’or anjomlari va mebel, sopoldan turli idish va bezak buyumlari, novdadan savat, sumka, belbog’lar, timsoh va ilon terisi- dan buyumlar yasash), badiiy to’quvchilik urf bo’lgan. Ular “Dakar rassomlik MAK- tabi” uslubida ziynatlanadi. Musiqasi. S. musiqasi qadimdan Gvineya, Mali, Serraleone va b. mamla- kat xalqlari musiqasi b-n birga rivoj- lanib kelgan. 12-a.dan Arab, 15— 16-a. lardan evropaliklar musiqasi ta’siri sezila boshlagan. S. xalqining cholg’u as- boblari: yumaloq qovoq pustidan yasalgan barabanlar, kum soat shaklidagi 2 mem- branali baraban, shaqildoq, tartarak, qo’ngiroq; turli ksilofon, balafon, fleytalar ham keng tarqalgan. Mehnat, sevgi qo’shiqlari, bolalarga atalgan ashulalar, ajdodlar ruhini ulug’lovchi tarixiy ertak qo’shiqlari, raqsga moslab aytiladigan marosim qo’shiklari mav- jud. Aksariyat bir ovozlilik, faqat Jan. xalqlarida ko’p ovozlilik S. musiqasiga xos xususiyatdir. An’anaviy musiqaning asosiy ijrochilari griotlardir. 20-a. ning 60y.laridan musiqa san’ati muam- molari b-n shug’ullanuvchi o’quv va ilmiy muassasalar paydo bo’la boshladi. Radio- eshittirish (1926 y.dan) va teleko’rsatuv (1964 y.dan) musiqiy eshittirishlarga katga e’tibor beradi. Dakarda turli san’at festivallari o’tkazib turiladi. Teatrining rivojlanishida xalq Bax- shilari — griotlar ko’p ijodiy mehnat qildilar. Dastlabki teatrlar makta- blarda tashkil etildi. 1933 y. Dakardagi Uilyam Ponti nomidagi maktab teatrida Afrika hayotidan hikoya qiluvchi spektak- llar frantsuz tilida sahnalashtirildi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, S. teatri rivojlanib, Afrika mamlakat- lari orasida etakchi bo’lib qoldi. 1961 y. Milliy balet ansambli tashkil etil- Di, uning dasturida raqs, pantomima, musiqali drama va vokal sahnalar bor. 1965 y. Dakarda milliy teatr binosi qurildi. Havaskorlik teatri rivoj top- Di. 1969 y. Havaskorlik teatri federa- tsiyasiga aylantirildi. Kinosi. 20-a.ning 50y.larida Fran- tsiyada ta’lim olayotgan afrikalik talaba- lar hayotini tasvirlovchi “Senadagi Af- Rika” (1955, rej.lar P. Veyra, M.Sarr) filmi S. kinematografiyami boshlani- shiga turki bo’ldi. S. mustaqilligi e’- lon qilingach, “millatning tug’ilishi” (1961) va “Lamb” (1963, rej. P. Vey- ra), “Tubadagi katta ibodatxona” (1961, rej. B. Sengor) va b. hujjatli filmlar yaratildi, ularda xalqning mustaqillik va milliy madaniy an’analar uchun ku- rashi aks ettirildi. Yozuvchi va rej. U. Sembenning “aravachali kishi” (1963) filmi xalqaro jamoatchilikning e’- tiborini qozondi. “…lik qoratanli” (1966), “mandat” (1968), “Sedda” (1977) va b. filmlarida rej. eski va yangi mu- stamlakachilikka karshi kurash jarayo- nida milliy ongning o’sishi muammola- rini ko’tarib chiqdi. Keyingi yillarda “Ayol” (rej. M. Traore), “bezori” (rej. J. Mambeti), “Karim”, “Baks” (rej. M. Tiam), “sertifikat” (rej. T.AV), “Ge- titey” (rej. S.Nyay) badiiy filmla- ri yaratildi. Seneka (Seneca) Lusiy Anney (taxm. mil. AV. 4, Kordova, Ispa- niya — mil. 65, Rim) — Rim faylasufi, yozuvchi, davlat arbobi. Rim imperatori Neronning tarbiyachisi va maslahatchisi; unga s u i q a s D qilishda ayblangan va o’zini o’ldirgan. S. stoisizmning yirik vakillaridan biri. U tabiat va inson mohiyati hakida keng bilimga ega bo’lgan, adabiy uslubni juda yaxshi egallagan. S.ning falsafiy qarashlari ziddiyat- li. U falsafani hayotda axloqiydiniy qo’llanma deb bilgan. “Lusiliyga xat- lar” falsafiy asari, “himmat haqida”, “Rahmshafqat haqida”, “ruhiy xotir- jamlik haqida” va b. risolalarida tar- kidunyo qilish, o’lim va taqtsirni nazar- pisand qilmaslik, extiroslardan xoli bo’lish, kishilarning axloqiy tengligi masalalari yoritilgan.