Serfing qay tariqa vujudga kelgan?

Serfing — sportning shunday bir turidirki, unda uzun va ingichka taxta ustida tikka turilib ummon to’lqinlari bo’ylab suziladi. Butun dunyodagi sohilbo’ylarida bu sport turidan huzurlanadilar. U judayam ommaviylashib ketgan bo’lsa-da, biz hali ham u haqda allanechuk yangi bir narsa xususida o’ylagandek bo’laveramiz. Gavayyaliklar serfing bo’yicha musobaqalar o’tkazishganida g’oliblar sovrinlar olishdi va hamma ularni qiyqirib samimiy olqishlashdi. Orolliklar uzunligi 4-5 metr va og’irligi 68 kg bo’lgan taxtalardan foydalanishgandi. Serfing tarixida 1957 yili ro’y bergan voqea uning dong’ini chor atrofga taratdi. Anchayin yengil taxtalardan foydalana boshladilar. Uzunligi chamasi 3 metr va og’irligi 10 kilogramm bo’lmish uzun taxtalar xotin-qizlar va bolalarning ham serfing bilan shug’ullanishlariga imkoniyat yaratdi. Yangicha taxtalar odatda penoplastdan tayyorlangan, shaffof tola va rezina bilan qoplangan. Taxta-mazkur sport turi uchun zarur bo’lgan yagona uskuna. To’lqinlarda taxta ustida tik turgan sportchi uni o’ngga va chapga boshqaradi. Avvaliga sportchi taxta bilan sohildan yiroqroqqa-sohilga yopiriladigan to’lqindan nariroqqa, to’lqinlar bir-biridan ajraladigan marradan nariga suzib borishi kerak. Cho’kkalab turgancha yoki taxtaga ko’kragini berib yotgancha u shamolsiz mavjlarni poylab turadi. Ko’tarilayotgan to’lqin uning ustidan oshib o’ta boshlagach, u sohil tomon shitob bilan suzishga tutinadi. Taxta ostidan to’lqin ko’tariladi va taxta to’lqinning o’rkachiga mingashib oladi. To’lqinni “tutib olgan” sportchi bir oyog’i.ni oldinga uzatib ko’tariladi va to’lqinlar ustida o’zini tutib turishga uringan holda taxtani boshqara boshlaydi.