Serra-Nevada
Serra-Nevada – AQShning Jan. qismidagi tog’tizmasi. Kordilera tog’ sistemasi tarkibida. Uz. 750 km. Eng baland joyi 4418 m. Asosan, granodio- ritlardan tuzilgan. Sharqiy etaklarida issiq buloklar, balchiq vulkanlari bor. G’arbiy yon bagri kiya, quruq vodiy kup. Sernam o’rmon bilan krplangan, 3000 m dan baland qismi Alp o’tloklari. Tog cho’qqilari qor bilan qoplangan. S.N.dan Tinch okean sohillarida joylashgan shaharlarni suv bilan ta’minlovchi suv quvurlari o’tkazilgan. Yirik milliy parklar tashkil kilingan.