Sezgi organlari

Sezgi organlari – organizmga ta’sir qilayotgan tashqi ta’sirotlarni qabul qilish va idrok etishni ta’min- laydigan ixtisoslashgan periferik tu- zilmalar. Ular organizm tashki va ichki muhitdan oladigan turli qo’zg’alishlarni qabul qilib, bu hakdagi informasiya- ni Markaziy nerv sistemasiga uzatadi. So. organizmning atrof muhitga yanada moslashishiga imkon beradi. O’ta IX- tisoslashgan qo’zg’aluvchanlik tufayli So. faqat ma’lum turdagi ta’sirotning idrok etilishini ta’minlaydi. Odamda ko’rish organlari, eshitish organlari, hid bilish organlari, maza bilish, tuyg’u organlari farq qilinadi. So. Tarkibiga reseptorlar ta’sirlanganda qo’zg’alishga qobiliyatli sezgir nerv tolalarining uchi hisoblangan spesifik nerv tuzil- malari kiradi. Har qanday sezgi orga- ni faqat analizatorlarning periferik bo’limi hisoblanadi (yana q. Sezgi).