SH

SH — o’zbek kirill alifbosining yigirma oltinchi xarfi. Til oldi, sirg’aluvchi, shovqinli, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Qo’llanish jihatdan o’rtacha faol, talaffuz jihatdan esa barqaror undosh: har qanday pozitsiyada ham deyarli bir xil talaffuz etiladi. So’zning boshida (shirin, shox, sho’x), o’rtasida (mashhur, oshiq, qoshiq) va oxirida (dilkash, kurash, tish) kela oladi. Ba’zan so’z o’rtasida juft holda ham uchraydi (pashsha, qashshoq). Turkiy xalqlar, jumladan, o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan yozuvlarda Sh harfi o’ziga xos shakllarda uchraydi.