Shag’al
Shag’al — tog’ jinslarining nurashidan hosil bo’ladigan qattiq qurilish materiali. Paydo bo’lishiga ko’ra, Daryo, dengiz, ko’l, tog’ va jar toshlariga bo’linadi. Shakliga ko’ra, qirrador, tuxumsimon, nayzasimon va yassi xillari farqlanadi. Daryo va dengiz Shag’allari toza hamda silliq, tog’, ko’l va jar Shag’allari qirrador, turli aralashmalar bilan ifloslangan bo’ladi. O’lchamiga qarab, mayda (5-20 millimetr), o’rtacha (20-40 millimetr) va yirik (40-150 millimetr) toshlarga bo’linadi. O’lchami 150 millimetrdan katta bo’lgan toshlar harsangtosh deb ataladi. Shag’allar yo’l qurilishida, beton quyish ishlarida qo’llaniladi. Beton quyish uchun eng maqbul xom ashyo qirrali Shag’al hisoblanadi.