SHAHID

SHAHID (arab. guvoh) — 1) islomda din yo’lida halok bo’lgan shaxs. Hadislarda aytilishicha, o’z obro’si yo mol-mulki yoki joni yoxud dini, shuningdek, ahlu oilasining himoyasi yo’lida qurbon bo’lganlar ham Shahiddir. Boshqa bir hadisda vabodan, ichki xastalik bilan, g’arq bo’lib, tom bosib o’lganlarni Shahid hukmida o’lganlar deyiladi. Shahidlar dafn etilishidan oldin yuvilmaydi. O’zini o’zi portlatish, o’ziga o’zi o’t qo’yish, o’zini o’zi boshqa usullarda o’ldirish Shahid hukmida bo’lmaydi. Qur‘onda ―o’zlaringizni (bir-biringizni) o’ldirmang! (Niso surasi, 29-oyat) deb, o’zini o’zi o’ldirish shariatda yo’q ekanligi bildirilgan; 2) Vatan urushi uchun yoki haqqoniyat yo’lida qurbon bo’lgan, jonini fido qilgan odam. Islom dinida noto‘gri yo‘lni tanlagan mazxablar va diniy ekstremistik tashkilotlar sh. tushunchasini aks ma‘noda talqin etib kelmoqda. Buning natijasida bunday aqidaparast oqimlar ta‘siriga tushib qolganlar ko‘pchilik orasida o‘zini portlashini Shahidlik deb tushunmoqda.