Shahzoda Eduard oroli
Shahzoda Eduard oroli – Kanadaning Sharqiy qismidagi provintsiya, San-Lavrentiy qo’ltig’idagi shu nomli orolda. Maydoni 5,6 ming km2. Aholisi 139,9 ming kishi (2002). Ma’muriy markazi va asosiy porti — Sharlottaun shahri eng baland joyi 137 metr. Igna bargli va keng bargli o’rmonlar bor. Shimoliy sohillarida milliy bog’lar tashkil etilgan. Xo’jaligining yetakchi tarmog’i — qishloq xo’jaligi. Kartoshka, shuningdek, sabzavot va mevalar, tamaki yetishtiriladi. Chorvachilik rivojlangan. Aholi mo’ynachilik bilan shug’ullanadi. Baliq ovlanadi. O’rmonchilik va yog’ochsozlik sanoati korxonalari bor. Turizm rivojlangan. Materik bilan temir yo’l paromi orqali bog’langan.