Shahzoda masjidi

Shahzoda masjidi – Istanbuldagi me’moriy yodgorlik (1548). Me’mori Xo’ja Sinon. Shahzoda masjidi murabba tarhli, Markaziy gumbazli xonaqoh (38×38 metr) va hovuzli hovlidan iborat. Xonaqoh balandligi 37 metr, gumbazining diametri 9 metr; unga yarim gumbazlar tutashgan va burchaklari kichik gumbazlar bilan yopilgan. Xonaqohda Markaziy gumbaz tomon yarim gumbazlarning bir maromda pog’onamapog’ona yuksalib borishi va ularning o’zaro uyg’unligi binoga mahobatlilik baxsh etgan. Xonaqohning old tomonida murabba tarhli hovli joylashgan, hovlining to’rt tomoniga bir qavatli, gumbazli galereya qurilgan, ustunlari qizil va oq toshlardan bunyod etilgan. Qirrali 2 baland tik minora xonaqoh va hovli tutashgan yo’nalishda joylashgan, xonaqohga kichik peshtoqli 3 eshik orqali kiriladi.