Shajara

Shajara (Arabcha — daraxt), genealogiya — kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va qonqarindoshlik aloqalari majmui. Uni tarix fanining bir tarmog’i — genealogiya fani o’rganadi. Podsholar, xukmdorlar, afsonaviy qahramonlar naslnasabiga qiziqish qadim zamonlardanoq bo’lgan, lekin o’rta asrlarda Shajara imtiyozli tabaqalarning paydo bo’lishi va ularning avlod-ajdodlarini rasmiylashtirishga qiziqishning kuchayishi bilan alohida ahamiyat kasb etgan. Bu, o’z navbatida, 15-asrdan boshlab Shajara o’rtasidagi nikoh aloqalari haqida guvohlik beruvchilarning paydo bo’lishiga olib kelgan. Shu davrlarda urug’ yoki birbiriga yaqin bir necha urug’ a’zolarining naslnasabiga oid bir necha daftarlar tuzila boshlagan. O’rta Osiyoda Shajaraga oid dastlabki yirik asarlar 15-17-asrlarda paydo bo’lgan. Ayniqsa, Abulg’oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” va “Shajarayi tarokima” asarlari 13-17-asrlardagi mo’g’ul va turk urug’lari, hukmdorlari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. O’rta Osiyoda nasab daftariga Xo’jalar, saidlar va boshqalar ega bo’lib, bu hujjatlar ularning payg’ambar, sahobalar, Tarxon, beklar naslidan kelib chiqqanligini ko’rsatuvchi dalil sifatida, shuningdek, soliq to’lash, xalq hasharlariga chiqish va boshqa ishlarda alohida imtiyozga, umuman jamiyat hayotida yuqori mavqega ega bo’lishi uchun xizmat qilgan. Shajara hujjatlari dastlab shaxening siyosiy mavqeiga ko’ra, guvohlar ishtirokida hukmdorlar huzurida tuzilgan va uning muxri bilan tasdiqlangan. Keyinchalik hukmdorlar avvalgi muhrlarni ko’rib tasdiqlab beraverishgan.