Shakarjizza mahallasi haqida eshitganmisiz?
Shakarjizza mahallasi haqida eshitganmisiz? – Samarqand shahrida. Xalq orasidagi “mazali, shirin jizza” etimologiyasi nomning tashqi ko’rinishi asosida vujudga kelgan. Toponim tarkibidagi Jizza aslida Diza “qo’rg’on” so’zining fonetik o’zgarishga uchragan formasidir. Shakar so’g’dcha Chaqar yoki Chaqir demakdir. V.V.Bartold chaqir so’zi “xizmatkor” ma’nosidan tashqari “harbiy drujina” ma’nosini ham ifodalashini yozadi. Demak, Shakarjiza “askarlar qo’rg’oni” ma’nosini anglatadi.



