SHAKTI

SHAKTI (sanskritcha — kuch, quvvat) — hinduiylikdagi tushuncha. Ayol yaratuvchi kuch-quvvatga ega degan ma’noni bildiradi. Shaktiga sig’inish — shaktizm tantrizm va shivaizmda keng tarqalgan. Ularda Shakti Shiva rafiqalari (Parvati, Durgi, Kali)dan biri qiyofasida gavdalanadi. Shaktiga sig’inishning ashaddiy tarafdorlari shaktiylar sektasiga kiradi.