Shamolli orollar, Karib orollari

Shamolli orollar, Karib orollari — Karib dengizidagi marjon va vulkan orollari guruhi, kichik Antil orollari arxipelagining Trinidad va Virginiya orollari oralig’idagi Sharqiy qismi. Yirik orollari: Gvadelupa, dominika, Martinika, Grenada, Sentvinsent, Sent-Lyusiya, Antigua va boshqalar. Umumiy maydoni 6 ming km2. Relefi, asosan, tog’li, eng baland joyi 1447 metr (Dominika orolida). Harakatdagi vulkanlar bor. Iqlimi tropik passat, yillik yog’in 1500-2000 mm, asosan, yozda yog’adi. Tabiiy o’simliklari (doim yashil o’rmonlar va butazorlar) kam saqlangan. Shakarqamish, tsitrus mevalar, kofe, kakao, banan plantasiyalari bor. Yirik shaharlari: FordeFrans, PuentaPitr, Baster, Kastri va boshqalar. Shamolli orollarga yevropaliklardan ilk bor X. Kolumb 1493-1502 yillarda borgan. Orollar shimoliy Sharqiy passat oqi miga nisbatan ro’para joylashganligi sababli Shamolli orollar deb nomlangan.