Shamot

Shamot (Fransuzcha chamotte) — o’tga chidamli pishirilgan loy yoki kaolin. Asosan, glinozem va kremnezem (krem niy (P)oksid)dan iborat. Bu tarkibiy qismlar yuqori trlarga chidamli material (mullit; 3Al2O32SiO2) ni hoeil qiladi. Shamotlar 1300-1500° temperaturada plastikligi yo’qolguncha pishirib tayyorlanadi. Shamotning suyuqlanish temperaturasi 1810°. Tarkibida kremnekislotalar mavjudligi tufayli Shamot 1100-1400° temperaturada yumshay boshlaydi. Tarkibida 30% glinozyom bo’lgan Shamotga o’tga chidamli loy qo’shib, o’tga chidamli g’ishtlar (Shamot g’ishtlar) tayyorlanadi. Ular Marten pechi tublarini, sovshlarning ichki devorlarini, bug’ qozonlarining tashqi qismlarini qoplash va boshqalarda ishlatiladi. Tuyilgan Shamot o’tga chidamli beton quyishda, bino g’ishtlarini terishda, haykaltaroshlikda qo’llanadi.