Shamozit

Shamozit [Shveytsariyadagi shamozon (Chamozon) qishlog’i nomidan] — I) varaqsimon silikatlarning kichik sinfiga mansub mineral, temirli xlorit. Kimyoviy tarkibi (Fe, A1, Mg)3[(Si, A1)4O,J (OH)2 (Fe, Mg)3 (o, on)6. Tarkibida 30% dan ortiq temir oksidi bor; 2) Berterin, septeshamozit minerallari, septexloritlar oilasiga mansub. Kimyoviy tarkibi (Fe2+, Fe3+, Al, Mg)6 [(Si, A1)4OJ (OH)8. Unda 40-45% temir oksidi bo’lib, tabiiy o’zgaruvchan. Har ikkala mineral birga uchrashi mumkin va ularni birbiridan farqlash qiyin. Monoklin singoniyada kristallanadi. Strukturasi kaolinitnikiga o’xshash. Shamozit oolitlar, tuproqsimon jinslar tarzida bo’ladi. Rangi yashilsariq, ko’k, kulrangqo’ng’irdan qoragacha. Qattiqligi 2,5—3, zichligi 3-3,3 g/sm3. Mo’rt, xira yaltiraydi. Gipergen. Gilli yotqiziqlarda va cho’kindi temir rudalarida uchraydi. Shamozit siderit, temir sulfidi, markazit va pirit bilan assotsiatsiyada bo’ladi. Nurash natijasida oksidlanadi va temir gidrooksidlarini hosil qiladi. Ba’zan katta to’plamlar tarzida uchraydi. Temir rudasi. O’zbekistonda Qurama tog’lari (navgarzansoyning kassiteritsulfidli ruda namoyonlarida) va shimoliy orol bo’yi cho’kindi temir konlarida mavjud.