Shamsharov Yo’ldosh

Shamsharov Yo’ldosh (1907 Chust tumani olmos qishlog’i — 1987, Toshkent) — yozuvchi, tarjimon. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1970). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1933). “Yosh leninchi” gazetada mas’ul kotib (1933-34), “Lenin uchquni” gazetada muharrir (1934-37), “Qizil O’zbekiston” gazetada mas’ul kotib, bo’lim mudiri (1938-41; 1955— 62), O’zbekiston KP MK matbuot sektori mudiri (1941— 44), O’zbekiston davlat nashriyoti direktori (1944-47), “Sharq yulduzi” (1963-64), “Guliston” (1964-69) jurnallarida muharrir. “Paxtaqaynar” (1959), “qahramonlik yo’li” (1960), “G’urumsaroyliklar” (1962), “Oshiqlar” (1969), “inson qalbi” (1969) ocherklar to’plamlari, “chiroq” (1971) romani, “Hayot taqozosi” (1974), “Navbahor qissasi” (1975), “Ishq o’ti” (1978) ki- toblari muallifi. I. S.Turgenevning qator qissa va romanlarini, D.Defoning “Robinzon Kruzo” va boshqa mashhur yozuvchilarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.