Shamsiddin Mahbubiy

Shamsiddin Mahbubiy, Shamsiddin Ahmad ibn Jamoliddin Mahbubiy Buxoriy (12-asrning 2-yarmi — Buxoro — 1238) — Shayx va mashhur faqih. Unvoni: Sadr Ashshari’a alakbar (alavval). Yirik faqih Jamoliddin Ubaydullo ibn Ibrohim Ahmad (1151 — 1233) xonadonida tug’ilgan. Shamsiddin Mahbubiy madrasa tahsilini olgan, fiqhga oid ko’plab asarlar yozgan. Mo’g’umar istilosidan keyin Buxoro xalqining bosqinchilarga qarshi kurashida g’oyaviy rahnamolik qilgan. Uning taklifi bilan mo’g’ullarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonga Mahmud Torobiy boshchilik qilgan. Qo’zg’olonchilar Buxoro shahrini egallagach, bosh Sadr Burhoniddin Shamsiddin Mahbubiyni shahar Sadri qilib tayinlashga majbur bo’lgan. 1238 yilda Buxoro atrofida mo’g’ullarga qarshi bo’lgan jangda Mahmud Torobiy bilan birgalikda Shamsiddin Mahbubiy ham halok bo’lgan. Buxoro shahridagi Chashmai Ayyubning Sharqiy tomonidagi Sherobod mozorida dafn etilgan. Ad.: Gafurova R.L., Kitobi Mullaza de, T., 1992; Yo’ldoshev N., Rajabov P., Mavlono Shamsuddin Mahbubiy Al-Buxoriy, Buxoro, 2001.