SHANKARA

SHANKARA (taxminan 788, Malabara — 820) — hind ilohiyotchi faylasufi, hinduiylik islohchisi. Barcha oldingi ortodoksal (ya’ni, vedalarni e’tirof etuvchi) tizimlarni umumlashtirgan, advaytavedanta ta’limotini rivojlantirgan. “Upanishadlar”, “Vedanta Sutra”, “Bxagavadgita”ga sharhlar yozgan.