Shansi

Shansi — Xitoydagi provintsiya. Xuanxe daryosi o’rta oqimi havzasida. Maydoni 157 ming km2. Aholisi 31,7 million kishi (1999). Ma’muriy markazi — Tayyuan shahri. Shansi hududi Shansi platosi va Lyossli platoning Sharqiy qismida joylashgan. Iqlimi mo’tadil, mussonli, o’rtacha temperatura yanvarda -16° dan (shimolda) -2° gacha (Janubda), iyulda 20-25°. Yillik yog’in 400-500 mm. G’arb va shimoli garbida chala cho’l o’simliklari o’sadi, sharqidagi balandlik mintaqalarida aralash va keng bargli o’rmonlar saqlangan. Shansi — Xitoyning sanoati rivojlangan provintsiyalaridan. Kumir, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari — Tayyuan, Datun va Yantsyuan shaharlari. Hunarmandchilikda metall va chinni buyumlar yasaladi, ipak matolar, gilam to’qiladi. Tayyuan, Datunda qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shansi — Xitoyning qadimgi dehqonchilik rayoni. Sug’orib dehqonchilik qilinadi. Asosiy ekini — donli ekinlar (bug’doy, gaolyan, makkajo’xori, suli va boshqalar). Texnika ekinlaridan paxta va zig’ir, kunjut, yer yong’oq, qand lavlagi ekiladi. Chorvachilikda qoramol, eshak va qo’y boqiladi. Shansi hududida Yanshao madaniyati qoldiqlari topilgan. Miloddan avvalgi 7-5-asrlarda Szin podsholigi, miloddan avvalgi 5-3-asrlarda Chjao va boshqa bir qancha podshohliklar tarkibida bo’lgan. 14-asrdan boshlab hozirgi nomda, 17-asrdan Xitoyning Shansi provintsiyasi.