Shanxay hamkorlik tashkiloti
Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat — Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (2001 yil 15 iyun). ShHTning vujudga kelish tarixi “Shanxay beshligi” deb atalgan uyushma faoliyati bilan bog’liqdir. Dastlab Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari (“Shanxay beshligi”) uchrashuvi bo’lib o’tgan. Unda chegaradosh mamlakatlar urtasidagi ishonchni mustahkamlash (1996 yil) va qo’shma chegarada qurolli kuchlar va qurol-yarog’larni qisqartirish (1997) to’g’risida 2 ta bitim imzolangan edi. 1998 yildan “beshlik” mamlakatlarining o’zaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi — Xitoy chegarasi bo’ylab harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va ko’p tomonlama iqtisodiy hamkorlikni ta’minlash choralariga o’tishga qaratildi. ShHTning Dushanba (2000) sammitida O’zbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda “beshlik” negizida ko’p tarmoqli tashkilot tuzish to’g’risida taklif ilgari surildi. SHHT ta’sischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni O’zbekiston o’z milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida (2001 yil iyun) yangi tashkilotning maqsad va printsiplarini e’lon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash to’g’risidagi Konventsiya qabul qilindi. Tashkilotning Sankt-peterburgda bo’lgan 2-sammitida (2002 yil iyun) ustav hujjati — SHHT Xartiyasiga imzo chekildi. SHHT ning oliy organi Davlat boshliklari kengashidir. Tashkilot strukturasi hukumat boshliqlari (bosh Vazirlar) kengashi, tashki ishlar vazirlari kengashi, tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat (Pekin shahrida joylashgan) xamda mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT; Toshkent shahrida joylashgan)dan iborat. Mintakaviy aksilterror tuzilmasi 2004 yil 1 yanvardan faoliyat ko’rsatadi. Mazkur tuzilma zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qo’mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Shu maqsadda tuzilma tarkibida kengash va ijroqo’m faoliyati yo’lga qo’yilgan. Kengashga 6 davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining vakillari kiritilgan. Ijroqo’mda esa o’zaro tasdiqlangan lavozim o’rinlariga muvofiq ShHTga a’zo davlatlardan vakillar ishlaydi. ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining 2004 yil 17 iyunda Toshkentda bo’lgan majlisida tashkilotning shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari bo’yicha Toshkent deklaratsiyasi, ShHTning vakolatlari va immunitetlari to’g’risidagi Konventsiya, narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to’fisidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doyr hujjatlar imzolandi. O’zbekiston Respublikasining tashkilotga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yangi taxdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini o’tkazib turish haqidagi tashabbusi qo’llab-quvvatlandi. SHHT a’zo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir. Iqtisodiy hamkorlik borasida oldinda transport infratuzilmasini rivojlantirish, tabiiy, mineral xom ashyo zaxiralarini o’zlashtirish, suv energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, ekologiyaga oid va boshqa masalalar bbr. Sayfiddin Jo’rayev.