SHARHLOVCHI

SHARHLOVCHI — biror narsani, voqea-hodisani tushuntirib beruvchi; izoh beruvchi, sharhchi, gazeta, jurnal, radio, televidenie va internet saytlarida muayyan voqealar (ijtimoiy, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, madaniy, sport va boshqalar)ga bag’ishlangan sharhlar muallifi. Sharhlovchi vazifasini biror bir ixtisoslikka ixtisoslangan jurnalist bajaradi. Ayni paytda ma‘lum soha egalari, mutaxassislar ham Sharhlovchi sifatida faoliyat ko’rsatishi, sohasiga doir voqea-hodisalarni sharhlashi mumkin.