Shari

Shari — Markaziy Afrikadagi daryo. Uam va Gribingi daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Logone daryosi bilan yagona Delta hosil qilib Chad ko’liga quyiladi. Uzunligi 1450 kilometr, havzasining maydoni 700 ming km2. Yozgi seryomg’ir mavsumda, o’rta va quyi oqimlarida esa kuz oylarida suvi ko’payadi. O’rtacha suv sarfi 1230 m3/sek. Batangafo shahrigacha kema qatnaydi. Daryodan baliq ovlanadi. Shari bo’yida Chad poytaxti Njamena shahri joylashgan.