Sharipov Yo’ldosh
Sharipov Yo’ldosh (1913, Qo’ng’irot shahri — 1973.23.7, Nukus) — qoraqalpoq aktyori, rejissyor, teatr arbobi. Qoraqalpog’iston (1949) va O’zbekiston (1957) xalq artisti. Qoraqalpog’iston milliy teatrining shakllanishiga muhim hissa qo’shgan. Moskva teatr san’ati qoshida ochilgan Qoraqalpoq studiyasida o’qigan (1935-39). O’z faoliyatini 1932 yil Qoraqalpoq davlat drama teatrida boshlagan va “Arshin mol olon” (U.Hojibekov), “Byurokratlar” (J.Oymurzaev), “Bog’dagul” (S.Majitov), “Qora yuraklar” (R.Majitov) spektakllarini sahnalashtirgan. 1939-50 va yana 1956 yildan Qoraqalpoq davlat drama teatrida aktyor va rejissyor (1961-63 yillar bosh rejissyor), 1951-56 yillar Qoraqalpog’iston madaniyat ishlari vazirligi qoshidagi san’at boshqarmasi boshlig’i. Sharipov ijodi xalq yumoriga boyligi, o’ziga xos milliyligi bilan ajralib turadi. Jeront (Moler, “Skapenning nayranglari”), Gordey Torsov (N.Ostrovskiy, “Kambag’allik ayb emas”), Boysari (N.Dovqorayev, “Alpomish”), Makferson (K.Simonov, “rus masalasi”), Palimbet, polvon ota (J. Oymurzaev, “Oygulabat”, “Amudaryo sohilida”) va boshqa rollari bilan shuhrat qozongan. “Gulsara” (K.Yashin), “O’zingdan chiqqan baloga …”, “Amudaryo sohilida”, “Berdaq” (J.Oymurzaev), “kambag’allik ayb emas” (N.Ostrovskiy), “Tozagul” (R.Majitov), “Tobutdan tovush” (A.Qahhor) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.