Sharqiy GAT tog’lari
Sharqiy GAT tog’lari, Sharqiy Ghata tog’lari — Hindistondagi tog’lar, Dekan yassitog’ligining Sharqiy chekkasidagi tarqoq tog’larning umumiy nomi (Velikonda, Nallamalay, Sharqiy tog’lar va boshqalar). Eng baland joyi 1680 metr (Devodimunda tog’i). Gneys, kristalli slanes, kvarsitlardan tuzilgan. Bengaliya qo’ltig’iga qaragan Sharqiy yon bag’ri nisbatan tik. Tog’lar barg to’kuvchi musson o’rmonlari bilan qoplangan.