Shato

Shato — O’rta Osiyolik hunnular avlodi bo’lgan chuyus qabilasi tarmog’i. Jung’oriyaning sharqida, Borko’l bo’yida yashaganlar. Tan davlatiga tobe bo’lgan. 794 yil Xitoy amaldorlarining zulmi natijasida tibetliklar homiyligiga o’tishgan va hozirgi Gansu viloyati hududiga ko’chishgan, lekin 808 yil yana tan davlati hududiga qaytib Ordosga joylashganlar. 880-883 yillarda Xitoy hukumatiga Xuan Chao qo’zg’olonini bostirishda yordam berganlar, evaziga Shansi viloyatining bir qismini olishgan. Tan sulolasi ag’darilgach (907), uni tiklash uchun kurashib, 923 yil shimoliy Xitoyni tobe etishgan. Bu yerda ular keyingi tan sulolasiga asos solishgan, bu sulola 937 yil barham topgan. Shatolarning bir qismi xitoyliklarga aralashib ketgan, cho’lda yashaydiganlari esa taxminan 1000 yil Nestoriylikni qabul qilib Xitoydan ajralganlar. Ularning ajdodlari o’ng’ut yoki “oq tatar” nomi ostida mashhur bo’lib, 1204 yil o’z ixtiyorlari bilan Temuchin (Chingizxon) ga qo’shilganlar. Ad.: Gumilev L. N., Drevnie tyurki, M., 1968; poiski vshnshlennogo tsarstva, M., 1970.