Shavkatli qalay koni
Shavkatli qalay koni – Oxangaron daryosining o’ng sohilidagi Bobotog’intruzivida joylashgan kon. 1967 yil M.A.Ahmedov ochgan. Kon geologiyasini U.Rahmedov, I.H.Hamroboyev, A.Sotvoldiyev va boshqalar o’rgangan. Shavkatli qalay konida quyi trias davriga mansub kvarsporfir, granitporfir va ularni yorib chiqqan diabazporfirlar bor. Kon magmatik jinslarning gidrotermal jarayonda o’zgargan (kvarslashgan, serisitlangan, xloritlangan, gematitlangan) 4 ta minerallashgan zonasidan tashkil topgan. Zonalar uzunligi 250-800 metr, eni 5-40 metr. Zonalarda mikroklin, serisit, kvars, magnetit, xlorit, kassiterit, sheelit, gematit, xalkopirit va b. minerallar bor. Qalay minerali — kassiterit kvars, serisit, xlorit va boshqa minerallar bilan bir vaqtda hosil bo’lib, qalay bilan birga uchraydi. Zonalardagi qalayning miqdori 0,003% dan 3,6% gacha. Konda volfram, siyrak yer elementlari va boshqa elementlar ham bor.