Shavqiy Ahmad
Shavqiy Ahmad (1868.16.10 Qohira — 1932.14.10) — Arab shoiri. “Amir ash- shuaro” (“shoirlar amiri”) unvonini olgan. Ijodida frantsuz klassisizmi va romantik she’riyati ta’siri seziladi. Parijda “Bulon o’rmoni” va “ulug’ Alibey yoki Mamluklar davlati” (1893) asarlarini nashr ettirgan. Misr xalqi hayotidan she’rlar (“Nil vodiysida sodir bo’lgan voqealar”, 1894), shuningdek, tarixiy va folklor syujetlari asosida qissa va hikoyalar (“Hind hur qizi”, 1897; “Ladiyas”, 1899; “mirta bargi”, 1904), she’riy pesalar yozgan. Shavqiy ijodida vatanparvarlik tuyg’ulari kuchli (“Lev Tolstoy o’limiga”, 1911; “Mustafo Komil”, 1908 va boshqalar).