Shayboniylar daxmasi
Shayboniylar daxmasi – Samarqanddagi o’rta asr me’moriy yodgorligi (16-asr). Shayboniyxon 1510 yil Eron shohi Ismoil I Safaviy bilan bo’lgan jangda halok bo’lgach, Samarqandga olib kelinib o’zi qurgan madrasada marmar supa ostiga dafn etilgan. Supa ostiga Shayboniyxondan tashqari boshqa Shayboniy sultonlar va malikalar: Mahmud Sulton (1503-04 yil o’ldirilgan), Maxdiy Sulton, Hamza Sulton (1511 yil o’ldirilgan), Muhammad Temur Sulton (1511 yil vafot etgan), Qutlug’Muhammad Sulton (1545 yil vafot etgan), Abulxayr Sulton (1511 yil o’ldirilgan), Yodgor Sultonim (1526 yil vafot etgan), Shaxribonu xonim (1535 yil vafot etgan), Shoh Sulton xonim (1530 yil vafot etgan), Suyunch Muhammad Sulton (1586 yil vafot etgab) lar dafn etilgan. Ad.: Abu Toqirxoja, Samariya, T., 1991.