Shayx ul-Islom
Shayx ul-Islom – ba’zi mamlakatlarda oliy diniy unvon. 10-asrdan biror faqih yoxud sufiyga nisbatan ishlatilgan. 13-asrdan keyin muntazam qo’llangan. Buxoro xonligi, Turkiya (16-asrdan 1924 yilgacha) va boshqa davlatlarda Shayx ul-Islom — oliy liniy lavozim. Bunday lavozim va unvon musulmon mamlakatlarining ba’zilarida uchraydi. Shialikka mansub diniy boshqarma rahbari ham Shayx ul-Islom unvoni bilan yuritiladi. Sunniylikka mansub boshqarmalarning rahbarlari muftiy unvoniga ega.