Shayxova Xotima Omilovna

Shayxova Xotima Omilovna (1929. 15.1, Toshkent) — faylasuf olima. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1995), falsafa fanlari doktori (1985), professor (1988). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1960). Toshkentdagi o’rta maktablarda ishlagan (1946-63). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa va huquq intida kichik va katta ilmiy xodim (1966-71), bo’lim mudiri (1971-87), Toshkent Oliy partiya maktabida kafedra mudiri (1987-92), Toshkent iqtisodiyot universitetining professori (1992-97). Ilmiy asarlari etika, ma’naviy hayot, turmush tarzi, ijtimoiy adolat, tarbiyaning ijtimoiyaxloqiy va ma’naviy muammolariga bag’ishlangan. As: umuminsoniy qadriyatlar va ma’naviy Kamolot (hammualliflikda), T., 1992; insonning ma’naviy qiyofasi, T., 1993; xulqodob ma’naviyat kaliti, T., 1994; Istiqlol va ayol qadri, T., 2002.