Shcherbakov Dmitriy Ivanovich

Shcherbakov Dmitriy Ivanovich (1893.1.1, Novozibkov, hozirgi Bryansk viloyati — 1966.25.5, Moskva) — geolog va geokimyogar, SSSR Fanlar Akademiyasi akademik (1953). V.I. Vernandskiy va A.E.Fersmannat shogirdi. Tavriya (hozirgi Simferopol) universitetini tugatgan (1922). 1928-38 yillarda Tojikiston—Pomir, so’ngra O’rta Osiyo ekspeditsiyalarida ishlagan. 1930-38 yillarda M.V. Lomonosov nomidagi geokimyo instituti, 1938-41 yillarda SSSR Fanlar Akademiyasi geologiya fanlari intida ishlagan. Butunittifoq mineral xom ashyosi intida sektor ilmiy rahbari (1943-48). SSSR Fanlar Akademiyasi geologiya geografiya fanlari bo’limi akademik kotibi (195363). 1963 yildan SSSR Fanlar Akademiyasi ruda konlari geologiyasi, petrografiya, mineralogiya va geokimyo institutida ilmiy rahbar, O’rta Osiyo, Kavkaz, Kola yarim oroli, Baykal ortida geologik tadqiqotlar olib borgan. Ilmiy ishlari Nodir elementlarga bag’ishlanib, Qirg’izistonda surma va simob, Qoraqumda tabiiy oltingugurt, Kavkazda molibden, volfram va mishyak konlarini ochishda asos bo’lib xizmat qildi. Davlat mukofoti laureati (1965). Niobiy va tantal silikati Shcherbakov nomi bilan shcherbakovit deb atalgan.