Sheguy
Sheguy — G’arbiy Turk xoqonligi hukmdori (610-618). Mashhur turk xoqoni Qorachurin (tardu; 576-603) xoqonning o’g’li, tun yabg’uning (619— 630) akasi. Sheguy davrida xoqonlik qo’shinlari Jan.g’arbiy hududlarda faol harakat yurita boshlagan. U Bahrom Chubin tomonidan Eronga buysundirilgan (589). Amudaryoning yuqori havzalaridagi viloyatlarni qaytadan xoqonlik tarkibiga kiritgan va Eronning shimoliy Sharqiy viloyatlariga hujum uyushtirib, Sosoniylar ustidan yirik g’alabaga erishgan va Isfahon, Ray kabi shaharlarni qo’lga kiritgan. Sheguy o’z hokimiyatini mustahkamlash uchun boshqaruvda bir qator o’zgarishlarni amalga oshiradi. Xususan, G’arbiy Turk xoqonligiga tobe sulolalar o’rniga bevosita xoqonlik tomonidan tayinlangan noiblar qo’yilgan.