Sheri kishvar
Sheri kishvar – Turk xoqonligi shahzodalaridan el Arslon ismining forsiycha varianti. U xoqonlikning mashhur hukmdorlaridan Qorachurin (Tardu; 576-603) xoqonning to’ng’ich o’g’li bo’lib, Turk xoqonligining asoschilaridan biri Istami yabg’uning (552— 576) nevarasi bo’lgan. Narshaxiyning “Tarixi Buxoro” asarida yozilishicha, Abru qo’zg’olonini bostirgan va Buxoro vohasida 20 yil hukmronlik qilgan. Vohada bir qancha qishloqlar barpo etgan. Bir qator tadqiqotchilar fikricha, Sheri kishvar Buxoro vohasida 7-8-asrlarda hukm surgan turkiy sulolaning asoschisidir. 673 yil arablar istilosi paytida Buxoro vohasiga Bidun buxorduxot hukmdor bo’lgan. Tadqiqotchilar fikricha, Bidunning nasli Sheri kishvarga borib taqalgan (Sh. Odilov). Ad.: Abu Bakr an-Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.