Sherna baxshi
Sherna baxshi, Shernazar Beknazar o’g’li (1855 — Surxondaryo viloyati Sherobod tumani azon qishlog’i — 20-asr 1-yarmi) — baxshi, dostonchi. Sherobod dostonchilik maktabi vakili. Baxshilar oilasida tug’ilgan, 9-10 yoshlaridayoq do’mbira chalib, kuylay boshlagan. So’ng sherobodlik Qosim (shoir) baxshiga shogird tushgan. Sheroboddagina emas, Surxondaryo, Qashqadaryoda, hatto Tojikiston va Turkmanistonda ham mashhur bo’lgan. Repertuarida 50 dan ortiq doston, termalar, do’mbira kuylari bo’lgan. Sherna baxshi Umir baxshi (Safarov), Rajab Baxshi Normurod o’g’li, Yusuf o’tagan o’g’li, Mardonqul Avliyoqul o’g’li kabi 20 dan ortiq shogird etishtirgan. Xalq Sherna baxshi haqida rivoyatlar to’qigan.