Sherolchin

Sherolchin – sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tlar turkumi. O’zbekistonning tog’li hududlarida Sherolchinning oddiy Sherolchin yoki olga sherolchini turi o’sadi. Bo’yi 10-30 santimetr. Poyasi bir yoki bir nechta, tik yoki erdan ko’tarilib o’sadi, paxmoq tukli. Barglari patsimon qirqilgan, poyaga halqasimon yoki qarama- qarshi o’rnashgan. To’pguli 3-10 santimetr, gultoji oqish pushti. May—iyul oylarida gullab urug’laydi.