Shestakov Aleksey Mixaylovich

Shestakov Aleksey Mixaylovich (1889.18.2, Kaluj gubernyasi — 1958.12.5, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1957). Ijodiy faoliyatini 1906 yil boshlagan: Rossiyaning turli teatrlarida ishlagan. 1934 yildan (ya’ni teatrning ochilish kunidan) M. Gorkiy nomidagi rus drama teatrida ishlagan. Shestakov obrazlari yorqin va aniq talqini, nafaqat ichki, balki tashqi ifoda vositalariga ham alohida e’tibor berishi bilan ajralib turgan. Famusov (A. Griboedov, “aqllilik balosi”), Murzaveskiy (A. Ostrovskiy, “Bo’rilar va qo’ylar”), Pimon (A. Pushkin, “Boris Godunov”), Kleshch, Bessemyonov (M. Gorkiy, “Tubanlikda”, “Meshchanlar”), Krutiskiy (“har to’kisda bir ayb”), Serebryakov, Gaev (A. Chexov, “Vanya tog’a”, “Olchazor”), Pol Dombi janoblari (Ch. Dikkens, “Dombi va o’g’il”) kabi obrazlari bilan shuhrat qozongan.