Shibirg’on

Shibirg’on, Shibarg’on Afg’onistonning shimoliy qismidagi shahar. Daryoi Safed (Oqdaryo)ning quyi oqimi vodiysida, Baqtriya tekisligida joylashgan. Juzjon viloyatining ma’muriy markazi. Mozori Sharif — Hirot avtomobil yo’li o’tgan. Aholisi 21,5 ming kishi (1985). Qorako’lchilik rayoni markazi. Gilam to’qiladi. Shahar yaqinida tabiiy gaz konlari bor.