Shilpildoq
Shilpildoq — xamirdan tayyorlanadigan taom turi. 1 kilogramm qo’y yoki mol go’shtini qozondagi suvga solib, sust olovda 1-1,5 soat davomida qaynatiladi. Go’sht pishgach, sho’rvadan olib to’g’raladi, sardagi esa yig’ib olinadi. Sardakka to’g’ralgan pishgan go’sht, 2-3 bosh piyoz, oshko’klar, 1-2 ta mayda to’g’ralgan sabzi qo’shib bir oz qaynatiladi, tuzi ta’bga qarab solinadi. Bug’doy unidan xamir qorib, ozroq o’rab qo’yiladi, so’ng yupqa qilib yoyiladi va 5×5, 7×7 santimetr kattalikda kesiladi. Kesilgan tayyor xamir go’sht qaynagan suvda pishirib laganga suziladi ustiga sardak va oshko’k solib dasturxonga tortiladi.