“SHIMOL-JANUB” TALQINI
“SHIMOL-JANUB” TALQINI — industrial jihatdan rivojlangan mamlakatlar bilan sanoati asta-sekinlik bilan rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan qo’llanuvchi termindir. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik bo’yicha Parijda bo’lib o’tgan konferensiyada norasmiy ravishda ―Shimol-Janub dialogi‖ termini ishlatilgan. Ushbu konferensiyada Yevropaning industrial rivojlangan mamlakatlari bilan Osiyo va Afrikaning hamda Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlari ishtirok etgan. Hozirgi kunga kelib bunday termin o’z ahamiyatini yo’qotib bormoqda.