Shimoli-g’arbiy hududlar
Shimoli-g’arbiy hududlar – Kanadadagi ma’muriy hududiy birlik. Maydoni 1,3 million km2. Aholisi 41,4 ming kishi (2002). Ma’muriy markazi — Yellouston shahri Shimoli-g’arbiy hududlar Shimoliy Amerika materigining shimol qismini, Kanada Arktika arxipelagini o’z ichiga oladi. G’arbida Makenzi tog’lari (eng baland joyi 2164 metr) bor. Iqlimi Arktika va subarktika iqlimi. Oylik temperaturalar yozda 3-16° dan qishda -28°, -36° gacha. Yillik yog’in 150-400 mm. O’simliklari tundra va o’rmon tundrasi, Jan.g’arbida igna bargli o’rmonlar bor. Shimoli-g’arbiy hududlar Kanadaning kam o’zlashtirilgan qismi. Iqtisodiyotining asosini konchilik sanoati tashkil qiladi. Rux, qo’rg’oshin, oltin, volfram, neft qazib olinadi. Aholi, asosan, mo’ynachilik bilan shug’ullanadi. Asosiy transport arteriyasi — Makenzi daryosi.