Shimoliy passat oqimlari
Shimoliy passat oqimlari — Atlantika va tinch okeanlardagi g’arbga yo’nalgan yuza oqimlar. Barqaror shimoliy Sharqiy passat shamollari ta’sirida 10-30° shahrik.lar oralig’ida yuzaga keladi. Tezligi 0,4— 1,8 km/soat. Suvining temperaturasi 24-29°. O’rtacha suv sarfi 50-80 million m3/sek. Shimoliy passat oqimlari Shimoliy yarim sharda subtropik suv aylanishining Janubiy sektorlarini yuzaga keltiradi. Kanar hamda Kaliforniya oqimlarining davomi, muvofiq ravishda Golfstrim va Kurosio oqimlarining boshlanishi hisoblanadi.