Shimoliy Tinch okean oqimi
Shimoliy Tinch okean oqimi — Tinch okeanning iliq yuza oqimi, taxminan 35° va 42° shahrik.lar oralig’ida, Kurosio oqimining davomi. 150° shq.u.dan sharqqa shimoliy Amerika qirg’oqlariga tomon harakatlanadi. Suvining tmperaturasi qishda 7-16°, yozda 18— 23°. Tezligi 0,9—1,1 km/soat. Suv sarfi 15-35 million m3/sek. Tropik va mo’tadil mintaqa suvlari chegarasida joylashgan. Tinch okeanning Sharqiy qismida shimolga yo’nalgan Alyaska va Janubga yo’nalgan Kaliforniya oqimlariga ajraladi.