Shin Nikolay Sergeyevich

Shin Nikolay Sergeyevich (1928.24.8, Uzoq Sharq o’lkasi) — rangtasvir ustasi, O’zbekiston Badiiy Akademiyasi akademik (1997), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1987). 1940 yildan O’zbekistonda. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1949) va Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti (1960)ni tugatgan. Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti (1956-88) va Respublika rassomlik bilim yurti (1957-58, 1993-2004) da dars bergan. Shin O’zbekiston tasviriy san’atida o’ziga xos yo’nalish (maktab) yaratdi (shogirdlari B. Jalolov, E.Muhammadiev, va boshqalar), asarlarining asosiy mavzusi o’zbek, koreys xalqlari tarixi va buguni hamda inson taqdiriga bag’ishlangan; rangtasvirda yaratgan mahobatli kartina, portret, manzara, natyurmort va boshqalar asarlari bilan Shuhrat qozondi: “Svetlana”, “Xotira yo’llari”, “hayrat”, “So’qoq madhiyasi”, “Quyoshga”, “Sevgi afsonasi”, “hosil bayrami” va boshqalar; shuningdek, “yil fasllari”, “Chirchiq kvadratlari” kabi turkum asarlar muallifi hamdir. 1960 yildan Respublika va xalqaro badiiy ko’rgazmalarda ishtirok etadi. Koreya Respublikasining “Oltin toj” ordeni bilan taqdirlangan (1997). “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlangan (1997). Ad.: Eremyan R.V., Shin. Jizni tvorchestvo, T., 2003.