Shinni

Shinni — uzum sharbatidan tayyorlanadigan shirinlik turi. Aksariyat oq uzum navlaridan tayyorlanadi. (Buvaki, bayan Shirey, soyaki, Nimrang va boshqalar). Uzumning yaxshi pishgan boshlari sovuq suvda yuvilib, g’ujumi eziladi. So’ngra sharbati suzib olinali. Achib qolmasligi uchun suzib olingan sharbatga sog’ tuproq (gil) aralashtirilib, sharbat tarkibidagi muallaq zarralar (chang, uzum eti) cho’kmaga tushiriladi. Sharbat qozonga solinib, sust olovda rangi tiniqlashib bir qadar quyulguncha qaynatish davom ettiriladi. Vaqtvaqti bilan yog’och kurakchada kavlab turiladi. Tayyor Shinni to’q kahrabo rangda bo’ladi. Yaxshi pishirilgan Shinni uzoq saqlanganda ham achib qolmaydi. Shinni, shuningdek, tut, qovun, tarvuz va boshqalar ho’l mevalar sharbatini qaynatish usuli bilan ham tayyorlanadi.