Shirchoy nimani anglatishini bilasizmi

Shirchoy nimani anglatishini bilasizmi – ra’noguldoshlar oilasiga mansub, bo’yi 25-70 sm ga yetdigan ko’p yillik o’t o’simlik. Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sibirning tog’ qiyaliklarida, butazorlarda, o’rmonlarda, ariq bo’ylarida va boshqa nam yerlarda o’sadi. Xalq tabobatida ikki turi: shahar shirchoyi va daryo shirchoylarining hamma qismi ishlatiladi. Yer ustki qismi tarkibida ko’p miqdorda oshlovchilar, S vitamin, yer ostki a’zolarida (ildizpoyasi bilan ildizida) – alkaloidlar, gein glikozidi, efir moyi, ko’p miqdorda oshlovchi moddalar bor. O’simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama, ildizpoyasi bilan ildizidan tayyorlangan qaynatma xalq tabobatida me’da-ichak (ichqotarda), jigar, shirincha, lavsha (singa), isitma va boshqa kasalliklarni davolash hamda turli qon oqishlarini (o’pkadan, yo’g’on ichakdan, burundan va boshqalar) to’xtatish uchun qo’llaniladi. Og’iz bo’shlig’ining yallig’lanish kasalliklarida (stomatit, gingivit, milkdan qon oqish), tomoq og’riganda og’iz va tomoq shu damlama va qaynatma bilan chayiladi.

Leave a Reply