“Shirin bilan shakar”
“Shirin bilan shakar” (“Erali va Sherali”) — ishqiy romantic doston. Fozil Yo’ldosh o’g’li, Po’lkan shoir, Bekmurod baxshi Jo’raboy o’g’li, Yorlaqab Baxshi Beknazar o’g’li kabi xalq shoirlari kuylagan. Fozil Yo’ldosh o’g’lidan yozib olingan (1929). Asarda emikdosh Shirin bilan shakarning o’gay ona tuhmati bilan xon otalari tomonidan o’limga hukm qilinishi va ularning uzoq muddatli ayriliq va darbadarlikdan so’ng o’z yurtiga qaytib kelishi tasvirlanadi. Dostonda darbadarlikda yurgan shakarning tilsimli tog’da ajdar qo’riqlab yotgan Gulgun pariga g’oyibona oshiq bo’lishi va unga yetishish yo’lida ajdar hamda zolim shoh Qoraxonga qarshi kurashi ham qamrab olingan. Dostonda el-yurtga muhabbat, sevgida sadoqat, insonparvarlik, bahodirlik kabi fazilatlar ulug’langan. Doston 2 marta mustaqil kitob (1941, 1955) hamda xalq og’zaki ijodi asarlari turkumining 19-kitobi (“Orzigul”)da nashr qilingan (1975).