Shisha blok

Shisha blok — binokorlikda ba’zi devorlarni tiklashda qo’llaniladigan ichi bo’sh shisha buyum. Shisha blok yorug’likni yaxshi o’tkazadi, issiqlik va tovush o’tkazmaslik xossasiga ega, qisilishga mustahkamligi 400 N (40 kgk/sm2). Shisha blokning quyoshdan himoya qiluvchi rangli xillari mavjud. O’lchami 200×200 millimetrdan 400×400 millimetrgacha, qalinligi 80— 100 millimetrbo’ladi. Shisha blokning oddiy oynalardan afzalligi shundaki, ular devor (masalan, vannaxonalarda) vazifasini bajarish bilan birga xonaning ichiga yorug’lik tushiradi, ammo xonaning ichi tashqaridan ko’rinmaydi.