Shixlar

Shixlar-turkiy qabila. Shixlar o’rta asrlardagi yirik qabilalardan birining nomi bo’lib, keyinchalik bo’laklarga bo’linib ketgan. Shixlarning asosiy qismi o’rta asrlardan boshlab hozirgi Turkmanistonning g’arbiy qismida, shuningdek O’zbekistonning Buxoro, Qorako’l, Navoiy hududlarida yashaganlar. O’zbekistonda yashagan shixlar o’zbeklar tarkibiga singib ketgan. Shixlar urug’ sifatida o’zbek xalqi tarkibiga kirgan qutchi va qarluq qabilalari tarkibida ham uchraydi.