Shlak
Shlak (nemischa), toshqol — 1) metallurgiyada — eritish jarayonlarida (masalan, po’lat eritishda) suyuq metall sirtini qoplovchi (soviganda toshsimon yoki shishasimon holatga o’tuvchi) eritma. Shlak pechga maxsus solinadigan flyus, metallurgiya reaktsiyalari natijasida ajralib chiqadigan qo’shilmalar va yoqilg’i kulidan iborat. Asosiy komponentlari — kislotali oksidlar §yu2 va asosli oksidlar Sao, G’eO, M§0, shuningdek neytral oksidlar A1203, 2po. Tarkibidagi bu oksidlarning miqdoriga qarab, Shlak asosli yoki kislotali bo’lishi mumkin. Metallurgiya jarayonlarida Shlak muhim rol o’ynaydi: metallni pechdagi muhitning zararli ta’siridan muhofaza qiladi, qalqib chiquvchi qo’shilmalarni biriktirib oladi va boshqalar fizik-kimyoviy funktsiyalarni bajaradi; 2) bug’ qozonlari o’choxlarida qattiq yoqilg’i yonganda hosil bo’ladigan qoldiqlar; 3) qurilishda — shlakportlandtsement, mineral paxta va boshqalar olishda foydalaniladigan xom ashyo. Shlak beton to’ldirgichlari sifatida, yo’l qurilishida ishlatiladi.