SHMIDT OTTO YULEVICH
SHMIDT OTTO YULEVICH [1891.18 (30).9, Mogilyov — 1956.7.9, Moskva] — rus matematigi, astronomi va geofizigi, akademik (1935). Kiyev universitetini tugatgan. (1913). “Katpediyasi”ning bosh tashkilotchisi va birinchi direktori (1937— 49). “Georgiy Sedov” (1929-30), “Sibiryakov” (1932), “Chelyuskin” (1933-34) muzyorar kemalarida Arktikani tadqiq qiluvchi ekspedisiyalarga rahbarlik qilgan. Quyosh sistemasidagi sayyoralarning kelib chiqishi haqidagi yangi kosmogonik gipotezani ishlab chiqqan.